Boshqalar sizni kim deb o’ylashlari muhim

Ular uchun siz qanday insonsiz, nima qadriyatlaringiz bor va hkz

Bu sizning odamlar ongidagi portretingiz

Bu portretni esa hardoim yaxshilab borish kerak

Sababi boshqalar nazdida kimligimiz bora-bora o’zimiz kimligimizga aylanib boradi

Biz ham o’zimizni ana o’shandaymiz deb hisoblashni boshlaymiz

Va shunga ko’ra amallar qilamiz


Boshqalar siz haqingizda nima deb o’ylashlari muhim emas

Odamlarning gaplari hech narsani anglatmaydi

Kuchuklar vovillaydi, mushuklar miyovlaydi - odamlar gapiradi

Shunchaki ularning gaplarini tushunganingiz, ularda ma’no borligini anglatmaydi

Shuning uchun har biriga quloq solishingiz shart emas


O’z “image”(imij)ingizga to’g’ri kelmaydigan ishlarni qilishdan avval:

“Odamlar nima derkin?” deb o’ylash yaxshi

Boshqa payt shunchaki kulib qo’ying)

@mrshokh_blog

blogpost