Havaskor insonlarda professionallarga nisbatan o’zgacha nuqtai nazar bor

Ular hamma narsani qilib ko’rishga, turli usullardan foydalanishga o’ch bo’lishadi

Sababi ishlar “qanday qilinish kerak”ligini bilishmaydi

Ularda muayyan bir metodika yo’q hali

Ular uchun hech narsa “xato” emas

Chunki ular “to’g’ri” qandayligidan bexabar

Ekspert - mutaxassislar esa hardoim o’tmishdagi tajribalariga yuzlanishadi

Oldin ular uchun nimayiki ishlagan bo’lsa, shuni yana qaytarishadi

Shu naqtadan qaralsa mutaxassislarda ko’p yillik tajriba yo’q

Ularda 1 yillik tajriba ko’p yillar davomida qaytarilgan xolos

@ Rod Judkins - The Art of Creative Thinking kitobidan

iqtibos

Nimaniki qanday qilishni bilgan bo’lsam, barini allaqachon qilib bo’ldim. Shu sababli endi hardoim qanday qilishni bilmaydigan narsalarimni qilib ko’rishim kerak — Eduardo Chillida (Ispaniyalik haykaltarosh, 20-asrning eng mashxur haykaltaroshlaridan)


Kreativ g’oyalar ko’pincha havaskorlardan chiqadi

Ular ishlarni osonroq, yaxshiroq, qiziqroq qilish yo’llarini o’ylab topishadi

Agar siz ham biror sohada yangi bo’lsangiz

Bu imkoniyatdan maksimal foydalaning

Boshqalar “mana shunday qilinishi kerak” degani faqat shunday qilsa bo’ladi degani emas

Ular uchun shu usul yaxshi ishlagan degani

Siz o’zingiz uchun boshqacha yo’llar qidiring

Ishni qanday qilishingiz muhim emas

Kerakli natijaga erishilsa bo’lgani

@mrshokh_blog

blogpost