Stand-up sohasiga qiziqaman
Bir-ikki marta “Ochiq mikrafon”larda ham qatnashib ko’rganman
Yaqinda Mirshakar Fayzulloyevning yangi “Malades” nomli konsertini ko’rgandim
Bizda “xohlamayman” argument emas ekan-a?) deb qoldi
Juda to’g’ri gaplar, atrofimda va o’zimda ham ko’p kuzataman
Yo’q, xohlamayman deya olmaymizda, bahonalar qidiramiz
Xohlamaslik xuddi aybdek bo’lib qolgan
Kimdir “Yur, mana bu joyga borib kelaylik birga” desa
- Yo’q, bora olmayman, u-bu ishlarim bor, - deymiz
To’g’risini ayt, borgin kemayapti-a? - desa
- Yo’q, yo’q aslo. Man jon deb borardim, shunchaki mana bu ishlarni tugatishim kerak bugun…
To’g’risi, xohlaganimizda borgan bo’lardikda)
Man o’zimda shu narsani shakllantirmoqchiman
Xohlamayapmanmi - aytaman
Ingliz tili ustozimning kichik o’g’li bu ishni zo’r qilardi:
Qilgim kelmayapti, borgim kelmayapti… demasdida
Qilmagim kelyapti, bormagim kelyapti… derdi))
@mrshokh_blog