Har kuni insonlar orasidamiz, tabiiy

Turli xil suhbatlarga kirishamiz

Turli xil joylarga boramiz

Odamlar hammayoqda gavjum…

O’zimiz bilan yolg’iz qolmay qo’ydik

Bir o’zimiz qolganda qo’limizda telefon

Shunda ham boshqalar hayotini kuzatish bilan bandmiz


Ora-orada yolg’izlikni tanlab turing

Haqiqiy yolg’izlikni

Chalg’ituvchi har qanday tashqi omillarsiz

Insonlarsiz, gadjetlarsiz

Shunda aslingizni kashf qilasiz

Shunda haqiqiy g’oyalar tug’iladi


“Yolg’iz bo’l! Mana shu kashf (ixtiro) ning siridir. Yolg’izlikda g’oyalar tug’iladi” - Nikola Tesla


G’oya - bu qilib ko’rsa bo’ladigan fikr

Va uni amalga oshirish natijasida qancha yaxshiroq natija keladigan bo’lsa, ana shuncha u qadrli, kerakli g’oya bo’ladi

Fikr istalgan payt kelaveradi… odamlarni orasidamisiz, ish qilyapsizmi, kino ko’ryapsizmi - farqi yo’q, fikrlar hardoim kelaveradi

Lekin g’oya (zo’r, qadrli, qiymatli g’oya) - odam yolg’iz bo’lgandagina keladi

  • Aziz Rahimov (Iqtibos Podcast)

@mrshokh_blog