Daraxtlar o’rmonda fotosintez uchun quyosh nuriga talashib, baland o’sishga harakat qilishadi.
Azgina balandroq o’sganlari oradan vaqt o’tib qolganlaridan ancha o’sib ketadi.

Maktabda ham biror fandan boshqalardan ko’ra sal oldinroqda bo’lgan o’quvchi “Bilimlar bellashuvi” yoki “Olimpiada” uchun tanlab olinib, alohida shug’ullanilgani uchun boshqalardan yaxshigina oldinlab ketadi

Daraxtlar yolg’iz o’sganda balandroq bo’lishga intilishlari shart bo’lmay qoladi. Odamda ham shunday. Rivojlanaman degan odam uchun muhit (o’rmon) kerak. Muhitda ham rivojlanish uchun motiv - sabab kerak. O’quvchilarda ham sabablari qolmaganda o’qishlari pastlab ketadi.

Kasbiy rivojlanish vs Shaxsiy rivojlanish

Dizaynni yaxshiroq qilish, ovqatni shirinroq pishira boshlash, o’quvchilar bilan yaxshi ishlay boshlash, soddaroq tushuntira olish, qiziqarliroq qilib dars o’ta olish - bular Kasbiy rivojlanish

Shaxsiy rivojlanish - odamiylik hislatlarimizning yaxshilanishi: mehribonroq, aqlliroq, insofliroq, sabrliroq bo’lib borish


Shaxsiy rivojlanish nega kerak???

  1. Kerakli odam bo’lish uchun
  2. Yaxshi daromad qilish uchun
  3. Oson yashash uchun (Rivojlanish qiyinchiligiga chidasak, hayot qiyinchiliklari osonlashadi)
  4. Oilamiz ham rivojlanishi uchun (Bizdan ibratlanishadi)
  5. Shu rivojlanish eng yaxshi meros bo’ladi

Kitob o’qiyotgani, turli kurs treninglarda yurayotgani, foydali videolar ko’rayotgani ham odamning rivojlanayotganini bildirmaydi

Rivojlanayotganimizni qanday bilamiz?

Rivojlanish = qiynalish.

Ma’lumot olayotgan kishi mazza qiladi - ilm olayotgan kishi qiynaladi (Adler)

Rivojlanishga to’sqinlik qiladigan narsa - bu bizning “ego” imiz

Rivojlanayotgan odamning birinchi belgisi uning kibri kamayib, siniqligi oshib boradi

Rivojlanish - ongoing process

> Rivojlanib bo‘ldim deganda odamda rivojlanish tugayotgan bo‘ladi.