Reallik emas kutilmalar sabab bo’ladi
expectations
Bir isnon, yaqin insoniz sizni ustingizdan kuldi. Siz undan hafa bo’ldiz. Nega hafa bo’ldiz?
Yo’q, ustizdan kulgani uchun emas! Siz u insonni bunaqa qiladi dib o’ylamagandiz. U hich qachon mani ustimdan kulmaydi dib kutgandiz.
Ya’ni aslida bizni hafa qiladigan (hursand qiladigan ham) bu kutilmalarimiz!
Tasavvur qiling ikkita inson bor, ikkalasi ham IELTS 6,5 oldi.
-
Biri judayam hursand, og’zi qulog’ida, ustozlari & sinfdoshlariga ziyofat qilib berdi…
-
Biri xonasidan haliyam chiqmayapti (javobni bilganiga 4 kun bo’ldi) ko’zi to’la yosh, orzulari armon bo’ldiyu, yashashdan ma’no qolmadi go’yo…
Bo’masam natija ikkalasidayam bir xil: 6,5
Nimaga unda ikkalasida ikki xil vaziyat, turli xil reaksiyalar?
- Bittasi maksimal 5,5-6,0 osam kere dib kutgan
- Boshqasi minimal 7,0 bo’masa 7,5 chiqadi anniq dib kutgan
Sizni hafa qiladigan odamlar yoki real voqe’lik emas, sizning ular haqidagi kutilmalaringiz!
Yo hich kimdan hech narsa kutmang yoki har kimdan har narsani kuting, shunda hayotingiz hafagarchiliklarsiz o’tadi :)
••••••••••••••••••••••••••••••••••
Siz unday bo’lmang! learn lesson
(Hafagarchiligingizni darsga aylantiring)
Hafagarchilikdan eng yaxshi himoya: hafa qilgan insonga o’xshamaslik! - Mark Avreliy (Marcus Aurelius)
Bir do’stingiz bilan ko’rishmoqchiydiz, vaqtini joyini kelishdiz, yarim soat sizni kuttirdi… Hafa bo’ldiz.
Nima qilasiz?
- O’rtog’ingizga “hey inson, qara man sani yarim soat kutdim, insofing bormi? Bir og’iz kech qolyapman dibam aytib qo’ymadim, qancha asabim buzildi…? dib yana yarim soat vaqtizi ketkazib unga “pand-nasihat” qilishiz mumkin
Yoki o’ziz uchun “ha, endi man aytilgan joyga hech qachon kech qolmasligim kerak, yoki kech qolsam ham, telfon qilib oldindan ogohlangirib qo’yaman” dib xulosa qivolishiz, dars ovolishiz mumkin.
Inson o’zgarishi qiyin! Boshqalarni qo’yib turing, inson o’zini o’zgartirishi qanchalik qiyin?!
Tizim yo’qligi yoki ishlamasligi sabab
Bizda uchraydigan muammolarni aksariyati bizning o’z muammoyimiz emas, tizimning muammosi