1944-yil Angliyada tug’ilgan Penny, 1967-yilda Isroilga ko’chib ketadi va u yerda boshlang’ich va o’rta maktabda 30 yildan ortiq muddat dars beradi. Sohada ko’plab kitob va qo’llanmalar yozgan Ur’ga 2013-yilda Britaniya qirolichasi Elizabeta II Ingliz tilini o’rgatishga qo’shgan hissasi uchun OBE (Officer of the Most Excellent Order of the British Empire) sovrinini topshiradi.

Sizlar bilan Penny Ur’ning 100 Teaching Tips kitobidagi tiplarni birma-bir ko’rib chiqamiz.

Demak, boshladik!

Darsni boshlash va tugatish haqida:

1. Tabassum bilan boshlash

Darsni tabassum bilan boshlash muhim. Ustozning kayfiyatini bolalar bittada sezishadi va bu kayfiyat xuddi virus kabi juda yuqumli. Ustozning kayfiyatsiz bo’lishi (ya’ni hafa, qo’pol, ho’mraygan, jahli chiqqan emas, shunchaki neytral bo’lishi) o’quvchilarga neytral bo’lib tuyilmaydi, negativ tuyiladi va o’quvchilarga “Men sizlarga majbur bo’lganim uchun dars o’tyapman, o’zim dars berishdan zavqlanib, xohlaganim uchun emas” degan xabarni yuborishi mumkin.

Non-verbal kommunikatsiya, qo’l harakatlari, body language (bunin ichiga facial expressions ham kiradi) o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi munosabatda muhim ro’l tutadi. Mashxur mifga ko’ra tana tili umumiy suhbatning 50% dan ortig’ini qamrab oladi yoki 55% yuz ifodasi, 38% ovoz toni, 7% so’zlar degan afsonalarga ishonmaslik kerakligi turgan gap bo’lsada, bu bilan bularning ahamiyati tushib qolmasligi kerak.

Man o’zim ham buni hardoim sezaman. Darsni yuqori kayfiyatda, energiya bilan boshlasam, hatto 8-soat, oxirgi dars bo’lsa ham bolalarda aktivlik oshadi. Aksincha 1-soat bo’lsa ham, jiddiy boshlasam, o’quvchilar ham jiddiy, xo’mrayib o’tirishadi.

Albatta, darsni tabassum bilan boshlash deganda darsni boshidan oxirgacha tirjayib dars o’ting degani emas. Zero, bu o’qituvchining xarakteriga ko’proq bog’qliq. Kimdirlarimiz tabiiy tabassumga moyilroqmiz. Kimdirlarimizda jiddiylik normal holat. Lekin darsni yuqori kayfiyatda, tabassum bilan boshlash sizga ham, o’quvchilarga ham win-win.

Asalni ham ozi shirin bo’lganidek, tabassumda ham me’yorni bilgan yaxshi. Ustozning hadeb kulaverishi, yoki ortiqcha tabassumi ham o’z pozitiv ta’sirini yo’qotishi mumkin.

O’quvchi biror taskni muvoffaqqiyatli tugatsa, yoki qo’shimcha topshiriq qilib kelganda, sizga yoqadigan behavior ko’rsatayotganda sinfda maqtab, tabassum qilib qo’yish tavsiya qilinadi.

Man o’zim ko’pincha o’quvchilarim biror activityni focuslari buzilmay, diqqat bilan tez bajarishsa: “Vabshe kuchayib ketyapsilar - eplabo’mayapti silarni” deb hazil aralash maqtab qo’yaman. Darsda hazillar ishlatish haqida alohida gaplashamiz, bu mavzuda butun boshli kitob yozilgan - Laughing Matters: Humour in the Language Classroom degan.

Darsni boshlash haqida keyingi Tipda ham suhbatlashamiz

*Ha aytgancha, darsni ham tabassum bilan tugatishni unutmang! (Bu haqida 6-Tipda batafsil gaplashamiz)

2. Darsni aniq boshlash va tugatish

Bu Tip ko’proq o’quv markazda dars beradigan ustozlarga qo’l kelsa kerak. Lekin maktabda ham ba’zida dars tanaffus tugashi va qo’ng’iroq chalinishi bilanoq boshlanmasligi mumkin.

Shunday paytda o’quvchilarga “Bo’ldi, dars boshlandi” degan signal kerak. Xuddi shuningdek dars yakunida ham

Albatta, dars boshida bir necha daqiqa hamma o’quvchilar kirib joylashib olishi uchun, kitob-daftarlarini olib, darsga tayyorlanishlari uchun beriladi. Eng qizig’i ustozning o’ziga ham dars boshida shu ozroq vaqt kerak: kerakli materiallarni tartiblab olish, komputerdan dars planini, Teacher’s Bookni ochib olish, / interaktiv doskadan (agar bo’lsa) kerakli sahifani ochib qo’yish, agar bor-yo’q qilinsa (checking attendance) unga ham vaqt ketadi
(Man o’zim attendanceni dars oxirida yoki o’sha darsdan keyingi tanaffus vaqti qilaman, ko’proq. Baholaram o’shanda qo’yiladi)

Xo’p, shu ishlardan keyin o’quvchilarga dars rasman boshlanganini bildirishimiz kerak:

  • Bu oddiygina bitta og’zaki gap bilan bo’lishi mumkin - “Okay, let’s start our lesson!”

Yoki man shaxsan o’quvchilardan turishlarini so’rayman, o’zim ham o’tirgan bo’lsam, o’rnimdan turib - o’quvchilar bilan salomlashamiz: man birinchi salom beraman - “Good morning students!” (agar ertalabki dars bo’lsa, tabiiyki)
Keyin o’quvchilar - “Good morning, teacher Shokh” deyishadi. (Buni o’quv yili boshida har bitta sinfga train qildirganman, qanaqa aytishni)

Uyog’i: “Thank you! Sit down… blah blah blah” keturadi.

Yoki ustoz Javohir Quvvatov yozganlaridek: (https://t.me/ustozdan_ustozga/5)

Sukut — darsning kirish eshigi.

Bir necha soniya to‘xtab turishning o‘zi o‘quvchini tanaffus holatidan chiqarib, darsga qaytaradi.
Tushunarsiz bo‘lishi mumkin, ammo sinfga kirib 10–15 soniya jim turib, bir joyga tik qarab turishingiz — hammani o‘z-o‘zidan sokinlantiradi.

Bu — sizni gapirmasdan boshqarishga olib kiradigan eng yumshoq usul.

Agar bunaqa dars boshlanganligi aniq signal bilan aytilmasa nima bo’ladi, desangiz:

Siz dars boshlayapsiz lekin sinfni/guruhni yarmi boshqa narsalar haqida gaplashyotgan, orqada ikkitasi kulib o’tirgan, burchakda bitta o’quvchi endi daftar ruchkasini qidiryotgan bo’ladi sumkasidan.

Bergan instruksiyalarizi ularga boshqattan qaytarib, vaqtiziyam - energeziyam bekorga ketkizmaslik uchun avvalo hammani darsga, sizni eshitishga 100% tayyorligiga ishonch hosil qilib olgan yaxshi. Bunda har bir o’quvchi bilan “Eye-contact” qilib chiqish yaxshi ish beradi.

Xuddi shunaqa qoidalar dars yakuniga ham tegishli. Maktabda bo’sa-ku, qo’ng’iroq chalinadi - dars tugaydi. Shunda ham qo’ng’iroq chalinishidan avval, hardoim bir ritual (routine) qilib olish tavsiya qilinadi. Bu o’sha darsda o’tilganlarni bir qator qayta eslash, muhim pointlarni so’rab olish bo’lishi mumkin:

  • Xo’p, bugun sizlar bilan mana bu, mana bulalarni o’rgandik. Bu qanaqekan? Buni qachon ishlatardik? Palonchixon, bu so’z nima deganiydi? (Albatta bu savollar dars kontekstidan kelib chiqib beriladi.) Pistonchibek, uyga vazifaga nima berildi?

*Uyga vazifani qachon berish haqida 5-Tipda gaplashamiz, nasib

Va oxirida “Alright, see you tomorrow (or next lesson etc. ) Have a good day!” kabi hayrlashuv so’zlari.


Routine’lar dars boshlanishida ham qo’l kelishi mumkin. Masalan, dars boshida sana-mavzuni doskaga yozish, yoki biror qo’shiq bilan boshlash kidslarda, kattaroq o’quvchilar bo’lsa “Word of the day” yoki qanaqadir “quote” bilan boshlash ham mumkin.

Ha yana, dars boshida o’quvchilardan “How are you feeling today?” - deb so’rab chiqsa ham bo’ladi

8-sinf o’quvchilarim bilan shunday qilamiz. Ularni turgizib, salomlashib o’tirmayman. Kayfiyatlarini, hayotlaridegi yangiliklarni so’rab chiqaman 2 minutda va bo’ldi shu bilan darsga sho’ng’iymiz va buni o’quvchilar juda yaxshi bilishadi chunki routine bo’lib ulgurgan. Plus, bunaqa personal savol-javob o’quvchilar bilan munosabatni yaxshilashda ham ancha yordam beradi.

Yoki dars avvalida o’sha darsda nimalar o’tilishining kichik preview’si aytilishi mumkin (keyingi Tip aynan shu haqida)

Bugunga esa shular)

3. Dars avvalida o’quvchilarga rejani aytish

Bu ayniqsa o’rta va yuqori sinflar, yoshi kattaroq o’quvchilarda ishlaydi. Darsni boshida o’quvchilarga dars uchun nimalar reja qilganizi ulashish muhim, deyapti Penny Ur.

Qo’shilaman. Teach Like a Champion kitobida ham bor edi (63ta texnikani sakkizinchisi)

O’quvchilarga darsda nimalar bo’lishini, qanaqa activity, listening yoki reading, nima bo’sayam reja qilganlarizi og’zaki aytasiz yoki kirishlaridan oldin doskaga yozib qo’ysez/ilib qo’ysez bo’ladi. 3-variant: ham aytib, ham doskaga yozishizam mumkin.

Man yaqindan shu usulga o’tdim. Manda eng katta sinfim 8-sinf, Upper-intermediate daraja. Ularga oldin faqat og’zaki aytardim: bugun mana bunaqa, mana bunaqa qilamiz. Speaking bo’ladi oxirida yoki Bugun listening activitylar asosan, - deb aytib qo’yardim. Endi: ham aytib, ham yozib qo’yyapman doskaga.

Nimaga o’zi o’quvchilarga dars planini aytish kerak?

O’quvchilar, birinchidan, bilishga haqli o’sha darsda nimalar ularni kutayotganini (albatta, agar syurpriz tayyorlamayotgan bo’lsangiz)
Ikkinchidan, bu sizni darsga tayyorlanganizi (va bu orqali o’quvchilarni hurmat qilishingizni) ko’rsatadi. Teaching Young Learners and Teenagers xalqaro kursida o’qiganimda, tutorlarimizdan bir Aigerim Amankulova shunday degandi: “O’qituvchi o’quvchilari haqida qayg’urishini aytib, gapirib o’tirmaydi. Uni darsga yaxshi tayyorgarlik ko’rishi bilan ko’rsatadi”
Eng qizig’i, uchinchidan, o’quvchilar dars planini bilganlaridan keyin darsda o’zlarini tutushlari o’zgarishini, rejani bajarishga ko’maklashishlarini seza boshlaysiz.

  • “Ustoz, tezroq bundan keyingi activityga o’taylik”, “Teacher, manimcha oxiridagi group discussionga voqtimiz yetmidi” degan gaplarni eshitishni boshlaysiz o’quvchilarizdan)

Xohlasangiz rejani ayrim qismlariga “Agar vaqtimiz yetsa”(If we have time) degan label qo’yib olsangiz bo’ladi. Shunda yanayam flexible’roq bo’lasiz. Activitylarni faqat tugatish (completion) uchun qiladigan bo’lib qolmaysiz. Chunki ba’zan darsda kutilmagan holatlar bo’lib turadi. Qaysidir activity siz plan qilganingizdan ko’proq davom etishi mumkin, o’quvchilar “flow”ini buzgingiz kelmasligi mumkin. Ammo bu gap bilan “undan ko’ra planni share qilmay qo’ya qolganim yaxshi ekanda” degan xulosaga borib qolish kerak emas. Sizda hardoim darsni qolib ketgan, qilinishi - o’tilishi muuhim bo’lgan joylari bo’sa - keyingi darsni planiga qo’shib yuborish varianti bo’ladi. Muammo bo’lmaydi. Unchalik muhim bo’lmasa, qolib ketaveradi shundoq, keyingi darsga olib o’tishga ham hojat qolmas balki.


Ha aytgancha, zamonoviy Learner-centered approach’ning ayrim qo’llab quvvatlovchilari ba’zida darsga pre-plan ya’ni oldindan plan qilish shart emas. O’sha darsda o’quvchilar nimani o’rganishni xohlashsa, yoki vaziyatdan kelib chiqib o’quvchilar o’zi qaror qilishadi nima o’rganmoqchiliklarini deyishadi. Qo’shilmiman. Penny opayam bu fikrga qarshi ekanlar. Ha-ha)

Ha, to’gri - o’quvchilarga ba’zida tanlov huquqini berish yaxshi idea. Engagementni oshiradi, o’quvchilar o’zlari tanlagani uchun qilish ehtimolliklari baland bo’ladi, ozroq autonomy berilganini his qilishadi etc. Bu degani sinfxona demokratiya bo’lishi kerak degani emas. Hamma narsani ham o’quvchilar o’zlari tanlay olishmaydi. O’zlari plan qilisholmaydi. Bu ustozning nafaqat vazifasi balki professional majburiyati ham.

Shu sababdan ham o’qituvchi darsga zo’r tayyorgarlik ko’rishi, biroz egiluvchan/o’zgaruvchan/moslashuvchan (flexible) plan tayyorlashi va dars avvalida o’quvchilarga ana o’sha rejani ulashishi - eng to’g’ri ish bo’ladi!

4. Avval yangi darsni o’tish, takrorlash keyinroq

O’quvchilar darsni boshida ruschasiga aytganda свежий (fresh) bo’lishadi. Shu sababdan yangi mavzuni, qiyinroq tasklarni dars boshrog’iga reja qilgan yaxshi. Dars oxiriga yaqin keyin review qilinaveradi.

Temur aka Solief: “Men darsni homework check bilan boshlamayman. Avval yangi mavzuni o’tib, yangi topshiriqlarni qildirib olaman, uyga vazifani esa darsni oxirida tekshirib tashlayman”, - degan edilar. (Homework mavzusiga 43-49-Tiplarda hali chuqurroq kiramiz)

Shunday qilib: qiyin textlar, activitylar bolalarda mental energiyasi ko’proq bo’lgan paytda berilgani yaxshiroq. Yangi o’rgatadigan narsalariz bo’sa dars boshida o’shalarni o’rgatib, keyinroq practice qilinsa - yaxshiroq esda qoladi. Kitobida (qoidaga ko’ra) biz narsalarni oz-ozdan tez-tez takrorlasak yaxshiroq o’rganamiz bittada juda ko’p, uzoq vaqtdan keyin takrorlagandan ko’ra.

Buni fanda distributed practice deyiladi - ikkinchi esa buni aksi: massed practice.

Masalan, yangi so’zlar o’rgatishiz kerak. Buni darsni boshida o’rgatib, keyin boshqa activitylar qilib, aytaylik communicative task yoki reading comprehension va hokazolar qilinsa darsni asosiy qismida, keyin dars yakunida 5 daqiqa o’sha vcabularyni review’sini qilish mumkin.

Bunday distributed practice’ni yana ham boshqa levelga olib chiqsa bo’ladi, expanding rehearsal tamoyilidan foydalanib. Buni retrival ham deyishadi. Solief taqsirlari bu haqida ham juda yaxshi post yozgandilar. (https://t.me/pedagogdan/69)

Qisqacha mazmuni yozib keta qolamiz:

Biror yangi narsa o’rgatganizda uni iloji boricha yaqinroq muddatda yana bir takrorlab olasiz. Iloji bo’lsa o’sha darsning o’zida, gaplashyotganimizdek: dars yakunida.

Keyin interval oralig’ini sekin uzaytiramiz. Aytaylik ertasi kuni yoki keyingi dars qachon bo’lsa, o’shanda yana bir takrorlab olish.

Keyin oradan 3-4 kun o’tgach, keyingi haftada bo’lishi mumkin. Keyin ikki haftada bir, keyin bir oy and so on. Qaytarib turish turlicha ko’rinish olishi mumkin va muhim ham. Bir hil narsa har-xil ko’rinishda review qilinishi mumkin, turli activity va o’yinlarga bog;ab qilsa ham bo’ladi. Bugungi asosiy mavzuyimiz shu bo’lmagani uchun ko’p to’xtalib o’tirmaymiz.

Demak, dars boshini yangi materiallarni o’rgatishga sarflaymiz, oxirini review’ga!

5. Uyga vazifani dars oxirida bermang

Homeworkni oxirgi daqiqaga qoldirmang, deyapti Penny. O’zi kuzatgan darslarning aksar qismida ustozlar uyga vazifani dars yakullanishidan avval oxirgi bo’lib berishlariga guvoh bo’lgan ekan.

Mening tajribamda ham shunday. O’zim maktabdagi, litseydagi ustozlarimni eslasam, deyarli hammalari qo’ng’iroq chalingandan keyin: “Uyga vazifa…” - deb baqirishni boshlashardi. Sal qattiqqo’lroq ustozlarimiz hammani o’tirgizib, tanaffusga chiqarmay uyga vazifani daftar yoki kundaligimizga yozdirishardi.

Teachingni boshlaganimda o’zim ham shunday qilardim, ochig’i) Hozir ham ba’zan dars tugashiga yaqin yoki tugab bo’lgandan keyin “Homework is…” deb boshlayman baqirishni))

Baribir, o’sha gap to’g’ri ekan: “We teach the way we’re taught (unless we learn otherwise)”

Xo’p, mavzuga qaytsak: Nega dars oxirida emas?

Qaysidir ma’noda bunda mantiq borga o’xshaydi: dars tugadi, keyingi qilinishi kerak bo’lgan ish - uyga vazifa berish. Xo’sh nega unda buni dars tugaganidan keyin qilib bo’lmaydi?!

Keling bir nechta asosiy sabablarini ko’rib chiqamiz:

Dars yakunida odatda o’quvchilarning diqqati ancha susaygan bo’ladi. Ayrim o’quvchilar allaqachon narsalarini yeg’ishtirishayotgan va sizni eshitmayotgan bo’lishadi.

Uyga vazifani batafsil tushuntirishga ham yetarlicha vaqt qolmagan bo’ladi: “Xullas mana shu bet, shu shu mashqlar” yoki “Mana bunaqa qilib kelish” deysizda ertasiga o’quvchilarni yarmi eshitmagan vazifaga nima berilgani, eshitganlariyam yaxshi tushunmay bajarib kelishgan, qolganlar ‘prosta’ qilib kelganlardan ko’chirvogan 2 daqiqa oldin va hkz.

Shunga vazifani unga a’loqadar bo’lgan dars qismi o’tilgandan keyinoq berish tavsiya qilinadi. Masalan, vocabulary o’rgatdiz-da ketidan boshqa activitylarga o’tishdan oldin “shu o’rgangan so’zlarimizdan foydalanib o’zizi hayotizga oid gaplar tuzib kelish - homework bo’ladi” deysiz. Agar o’quvchilarda vazifaga oid savollari bo’sa so’rab olishadi va daftarlariga yozib olishga ham vaqtlari bo’ladi. Shu vazifani berish davomida doskani bir chetiga yozib qo’ysangiz, dars oxirida kichik eslatma sifatida yana bir ko’rsatib qo’yaverasiz

Albatta, istisno holatlari bo’lishi mumkin (man blogimda yozadigan hamma postlarda bo’ladigani kabi)) Ba’zida rostan ham uyga vazifa dars oxirida berilishiga to’g’ri kelishi mumkin. Homework uchun beriladigan topshiriqni bajara olishi uchun o’quvchilar dars uchun rejalangan deyarli barcha activitylarni qilishi va tushunishi (bu ikkisi teng bo’lurmi?:) talab qilinishi mumkin. O’z-o’zidan uyga vazifa dars yakuniga to’g’ri kelib qolishi mumkin. Asosiysi, dars yakunlangandan keyin hamma o’quvchilar xonadan chiqib ketayotgan paytda baqirib qolmaslik)

Demak, uyga vazifani iloji boricha darsning oxirigacha qadamasdan, ertaroq berib qo’yaverarkanmiz. Hech yo’q, tanaffusgacha qoldirmasligimiz kerak ekan!

6. Darsni nimadir yaxshi narsa bilan tugating!

Dars tugashidan avval, qilishga biror yoqimli ish yoki aytishga so’z topingki, o’quvchilaringiz darsingizdan tabassum bilan chiqishsin, degan tavsiyani beryaptilar opamiz.

Masalan:

  • biror qiziq hikoya yoki hazil aytish
  • compliment (agar rostanam arzisa) O’quvchilar darsda haqiqatda yaxshi qatnashgan yoki o’zlarini yaxshi tutishgan bo’lsa - ikki o’g’iz maqtov silliqina ketishi mumkin)
  • O’quvchilaringizni qiziqtirishi mumkin bo’lgan, o’ziz ham yaqinda foydalanishni boshlagan biror dastur, website, balki kitob.
  • Ingliz tili haqida qiziqarli fakt. For example: “English has the biggest vocabulary in the world” - 1mln dan ortiq. O’quvchilarga: “hamma so’zlarni ham bilishinglar shartmas, native speakerlarni o’zlari ham bilishmaydi”, - desangiz bo’ladi

Obviously, bunaqa narsalarga ko’p vaqt sarflab o’tirishimiz shart emas. Plan qilib, tayyorgarlik ko’rib kelish majburiy emas. Har darsda qilinishi kerak degan qoida/talab ham yo’q. Lekin dars pozitiv kayfiyatda tugatilishi muhimligini miyamizning bir chetiga saqlab qo’yishimiz va qachonki fursat topilsa shunga harakat qilaverishimiz kerak.

“Last expression is lasting expression” deydi ingliz mashoyiqlari. Buni “Oprah rule” deb ham atashadi sotuvdagilar. Chris Voss muzokara san’ati haqidagi kitobida ham yozgandi bu haqida. Marketingda shogird bo’lib yurgan paytlarim o’qigandim. Katta-katta biznes, moliya, psixologiya, yoki online til kurslarida ham kursni juda chiroyli “Bitiruv oqshomi” - Graduation Party bilan tugatish rosa urf bo’layotgandi 2yilcha avval. Balki hozir ham shu trend davom etayotgandir…

Sababi insonni xotirasi shunaqa ishlaydi. Biz voqealarni xronologik tartibda eslab qolmaymiz. Ko’pincha faqatgina intense momentlar va vaqoealarning qanday yakunlanganini yaxshiroq eslab qolamiz. (the “peak-end rule”)


Hazillar aytish haqida biroz to’xtalsak: ha, o’quvchilar hazil qiladigan yoki at least sense of humour’i bor ustozlarni yaxshi ko’rishadi va agar to’g’ri ishlatilsa, bu o’quvchilarni yaxshiroq o’rganishlariga sabab bo’lishi mumkinligi haqida isbotlar bor (o’sha kitob - Laughing Matters. Oxiri shu kitobdanam tiplarni bo’lishamizmi deyman))

Hazil qila olish eshitilishidek oson emas, aslida. Men shaxsan Toshkentga kelgach, Stand-Up klubda hazil aytishni o’rganganman. Ochiq mikrafonlar bo’lardi u payt. Bir nechta havaskorlar, ayrimlarini balki tanirsizlar - hozir Sahna Stand-Up’da turli show & concertlarda chiqishadi. O’shanda sahnaga chiqishdan avval repetitsiyalar qilardik, hazilni qanaqa aytish, qanday hazil nuqtasi (punchline)gacha olib kelish, kulgiga o’zi nima sabab bo’lishi va hkz. larni o’rganganman. U paytda ham ilmi hol deb Comedy Bible degan kitobni o’qigandim, Mirshakar aka tavsiyalari bilan. Yaxshi kitob edi.

Aytmoqchi bo’lganim, agar siz manga o’xshab chala stand-up komik bo’masez yoki masterclass’lar olmagan bo’lsangiz, hazil qilishda, aytishda qiynalishingiz mumkin. It’s okay. Hamma zo’r ustozlar ham entertainer emaslar. Hazil ayta olish qobiliyati ustozlar uchun kerakli - must-have ko’nikmalar ro’yxatida yo’q: bir yaxshi qo’shimcha skill xolos (nice optional extra). Yuqorida yozganimizdek, darsni pozitiv tugatishini bundan boshqa ko’plab usullari ham bor.

Xullas, darslaringizdan o’quvchilar xo’mrayib, “Ee qaytib kirmiman shu ustozni darsiga” - deb chiqib ketmasliklari uchun - pozitiv kayfiyatda tabassum bilan yakunlagan ma’qul!)

P.S: unaqa deb chiqib ketishlariga boshqa jiddiyroq sabablar bo’lmasa, albatta. Bo’lmasa, Avaz Oxun bo’lsangiz ham foydasi yo’qmi deb qo’rqaman)

7. Darslikdan ‘tanlab’ foydalaning

Coursebooklar o‘zi zotan yaxshi. Lekin bu degani ulardan to‘liq foydalanish shart degani emas. Ya’ni from cover to cover, page by page ishlash majburiy emas. Darsdan oldin darslikni bir ko‘zdan kechirib, qaysi joylarini skip qilish (tashlab ketish) mumkinligini o‘zingiz uchun hal qilib olsangiz bo‘ladi.

Ayrim ELT sohasi yozuvchilari umuman coursebooklardan foydalanmaslikni tavsiya qilishadi. Ularning fikricha, bu o‘qituvchilarning skill’lari o‘tmaslashishiga, teaching ining kuchsizlanishiga va kreativ yondashuvga to‘sqinlik qilishi mumkin. Argumentlari mantiqli.

Hamkasbim Nodira Nusratova bir podcastda (https://youtu.be/1tMtPL2D-_s?si=xzrs445dApp75hiL) “O’qituvchi 100% kitobdan o’tyaptimi, demak u bilimsiz o’qituvchi”, “Agar kitob asosiy material bo’lsa, biz nega ustozmiz?! - degan edilar.

To’ppa-to’g’ri, lekin shu bilan birga, darsliklarning foydali va hatto kerakli ekanligini ham unutmasligimiz kerak.

“Menga ham darslik kerak bo‘lgan”, deyapti Penny Ur. Yaqinda o‘zim ham Cambridge YL qualifications (https://www.cambridgeenglish.org/exams-and-tests/qualifications/young-learners/paper/) uchun 2–4-sinf o‘quvchilarimni tayyorlashni boshlaganimda, coursebook’ning ahamiyatini chindan sezdim. Har kuni yangi material chiqarish, homework uchun text, rasm yoki exercise topish ancha qiynadi. Oxiri baribir Skills Builder (Pre-A1 Starters & A1 Movers) kitoblaridan foydalanishga o‘tdim.

Har doim ham o‘zimiz kurs dasturini to‘liq rejalashga vaqtimiz yoki ko‘nikmamiz yetmasligi mumkin. Hatto AI, GPT’lar bilan ishlaganda ham bu ancha vaqt oladi. Shuning uchun darslikni tayanch material sifatida ishlatgan ma’qul. Faqat bir dars uchun berilgan hamma narsani betma-bet, varaqma-varaq qilishga majbur emasmiz.

Ba’zida darslikdagi matn bizning o‘quvchilarga mos kelmaydi. Ba’zida kontent shunchaki zerikarli bo‘ladi. Ba’zan ayrim mashqlarni sinfda qilishning imkoni bo‘lmaydi. Yoki bir unit ichida haddan tashqari ko‘p activity berilgan bo‘lishi mumkin.

Xullas, asosiy tip shu: o‘quv yili boshida yoki kurs boshlanishidan oldin darslikka bir ko‘z yugurtirib chiqib, nimalarni aniq ishlatasiz, qaysilari umuman kerak emas, qayerlari o‘quvchilaringizga mos kelmasligi mumkin va qaysi joylarda self-design qilishga to‘g‘ri kelishini oldindan belgilab olganingiz ma’qul. Xuddi shunaqa yondashuvni har bir unit boshida ham qo‘llash mumkin.

Masalan, 5-sinf beginnerlarim bilan SpeakOut Starter kitobida shunday qilayapmiz. Ko‘p joylarini shunchaki skip qilamiz. Boshlang‘ich sinflarda esa Family and Friends kitobidagi har unit boshidagi listen and repeat / listen and point activity’larini tashlab ketamiz. Uzr-u, lekin 10–12 ta o‘quvchi, dars boshida to‘la energiya, siz yangi soz’lar tanishtirmoqchisiz… va kitobdagi birinchi activity: Listen and point :(

Yana bir idea: ba’zida o‘quvchilarning o‘zidan ham yordam olish mumkin. Ularga darslikni yoki yangi boshlanayotgan unit’ni ko‘zdan kechirtirib, qaysi mavzular va qaysi activity’lar yoqqanini so‘rasangiz bo‘ladi. Bu o‘quvchilar uchun materialni oldindan preview qilishga yordam beradi va sizga ham prioritetlarni belgilashda ancha yengillik yaratadi.

Coursebook - darsliklardan to’liq foydalaning degan talab yo’q. (agar siz dars beradigan joyda bo’lsa, bugunoq boshqa joydan ish qidiravering, behazil)

Demak, coursebookdan chertib-chertib, tanlab foydalanaveramiz!

8. Mashqlardan turli usullarda foydalaning

Coursebook’da beriladigan exercise’lar odatan juda klassik o’qituvchi-o’quvchi “ping-pong” tarzida qilinadi. Teacher so’raydi “Who can answer number one?”. o’quvchilar qo’llarini ko’tarishadi, keyin ustoz “Palonchi”, - deb qaysidir o’quvchini nominate qiladi. Javobdan so’ng o’qituvchi o’quvchining javobi to’g’riligini tasdiqlaydi yoki xato bo’sa to’g’rilaydi.

Aslida mashqlar bajarishni va tekshirishni qiryuzta boshqa usullari ham bor)

Yuqorida tasvirlaganimiz an’anaviy savol-javob usulining bir nechta (balkni undan ham ko’proq) minus taraflari bor. Birinchidan juda sekin; to’g’ridan to’g’ri bitta o’quvchi bilangina sodir bo’ladi (at a time), boshqalar zerikadi, qo’lini ko’tarmagan o’quvchilar qolib ketadi, ulardan atayin so’ray desangiz - o’quvchini spotlightga qo’yib, uyaltirishingiz mumkin. (shuning uchun CELTAda ham o’quvchilar avval pair-check qilishsin, sherigi bilan compare qilsin javoblarini deb o’rgatishadi tutorlar. Xatosi bo’sa to’grilab oladi, yoki sheriginiki ham bir xilda xato bo’sa, hech bo’lmaganda biladiki - demak bitta o’zi tupoymas)) Xullas, ping-pong usuli unchalik samarali emas. (individual o’qitmayotgan bo’lsangiz, albatta)

Quyida Penny Ur tavsiya qilgan usullarini ko’rib chiqamiz:

  • O’quvchilarni guruhlarga bo’lib, orasidan bitta o’quvchini “ustoz” qilib qo’yib, ping-pong ni ularga qildirasiz. Qachonki javobida ikkilanish yoki xato bo’sa, sizdan yordam so’rashadi. O’zingiz ham monitoring qilib yurasiz.
  • O’quvchilarga mashqni juftliklarda qildirasiz(in pairs). Ba’zan og’zaki - ba’zan yozma shaklda.
  • Mashq berganizda, o’quvchilarga vaqt berasiz, aytaylik 5 daqiqa - shu vaqt ichida qo’llaridan kelgancha qilaverishadi. (yozma shaklda)

Ular ishlayotgan paytda sinfxona bo’ylab aylanib, yordam berib, monitoring qilib yurasiz. O’quvchilar tugatgach, yana ping-pong usulida, faqat juda tez javoblarni tekshirib olishingiz mumkin.

Opaning bu maslahatlari menga sal g’alati tuyuldi. Sinab, qilib ko’rsa bo’ladi. O’quvchilarimga moslab ko’raman. Lekin baribir yuqorida aytganimdek, CELTA da bunga yaxshi yechim berishgandi tutorlarimiz. Pair check dan keyin o’quvchilarni ustozning o’zi nominate qiladi, keyin so’raydi: “The same answer, everybody?” yoki “Do you all agree?” deydi-da tez-tez check qilib ketaveradi. Yoki doskada tayyor javoblarni ko’rsatsangiz, o’quvchilar o’zlari self-check qilib olishaveradi. Qaysidir javobni nega bundayligini tushunmasdan so’rasa, o’sha payt sinfdoshlari/guruhdoshlari javob berishlari uchun ozroq o’zingizni tiyib turasiz, hech kim aytishni boshlamasa: “mana qara, mana bu shunaqa-ku” deb, mayli unda o’zingiz so’raysizda “Who can tell?” Why is it “step over” in the 6th sentence?”

Man ba’zida kitobda kelgan oddiy mashqlarni o’yin qilib yuboraman. O’quvchilarni guruhlarga bo’laman, aytaylik 3ta guruh - 4tadan o’quvchi. Boyagi kitobdagi mashqni, masalan gap-fill activity qanaqadir grammatika o’tdik, yoki vocabulary lesson bo’ldi. Shuni 3ta print qilib, doska tarafga ilib qo’yaman: guruhlardan bittadan odam kelib, bilganini ishlab orqasiga qaytadi, keyin boshqa sherigi chiqadi. Shunaqa qilib, competition qilib yuborsayam bo’ladi. Tugagan keyin, birinchi guruhnikini ikkinchi guruhga, ikkinchi guruhnikini uchga, uchnikini birga tekshirgani berasiz. Xohlang o’zingiz javoblarni aytasiz, bo’lmasa o’quvchilar o’zlari guruhma guruh tekshiriraveradi, baxsli vaziyatdagina sizga yuzlanishadi.

O’zi activitylarni qanday qilib qiziq qilish, mashqlar ishlash jarayonni yanayam jonlashtirish haqida bitta alohida navbattan tashqari post qilishimiz kerak, manimcha. Uyoqda, man o’zim qilib ko’rgan va haqiqatda ishlagan usullarini va nimaga ishlaganini nazariyasiniyam ochib berishga harakat qilaman.

Chunki faqat texnikani Instagramdan ko’rvolib, lekin o’sha metod nima asosida ishlashini tushunmasdan yuzaki ko’chirish (copy-paste) yaxshimas. Bizda ozroq vaziyat boshqacha bo’lsa, moslashtirolmay qolamiz. Aksincha, nazariy tomondan ham yetarlicha bilimimiz bo’lsa, bemalol istalgan vaziyatga, istalgan sinfga moslab ketaveramiz. Moslolmayapmizmi, demak o’zimiz u metodni hali yaxshi tushunmabmiz

Shunday qilib, o’quvchilarimizni faqat qo’l ko’targizdirib, savol-javob qilavermasdan, boshqa samaraliroq yo’llardan foydalanishga o’tishimiz kerak!

9. Juda ko’p to’g’ri javoblarga imkon bering

Aksar kitoblardagi grammatik yoki lug’atlarga oid mashqlar “closed ended” - faqatgina birgina to’g’ri javob bo’ladi xolos. Buni lekin osongina o’zgartirsa bo’ladi va bu bilan mashqni bir necha darajadagi o’quvchilarga moslash, ancha-muncha qiziqroq qilish mumkin

Masalan, aytaylik, quyidagicha grammatikaga oid mashq:

Gapni Past simple da yozing:

  • She … (leave) at six o’clock.

Javobini o’rtacha Beginner, boshlang’ich Elementary o’quvchilariyam juda yaxshi bilishadi - left.

Penny Ur opamiz aytyaptilar, shunaqa mashqlarda qavs ichida berilgan so’zni ignore qilib, o’quvchilarizga istalgancha fe’l (verb) qo’yishlari mumkinligi aytasiz: came, spoke, woke up etc.
Yoki leave fe’lini qoldiramiz, davomini o’quvchilaringizni o’zlari xohlagancha yakunlasin: ‘She left London’,‘left the school’,‘left her husband’…

Xuddi shunaqa gap-filling (bo’shliqlarni to’ldirish) mashqlariniyam berilgan word-bank, so’zlardan foydalanib to’ldiring deyilsa, siz o’quvchilarga o’sha berilgan so’zlarni olib tashlab, kontekstdan kelib chiqib, o’sha gap’ga mos keladigan juda ko’plab variantlarni o’ylashlari kerakligini aytsangiz bo’ladi.

Matching (moslash) mashqi bo’ladigan bo’sa, odatda ikkita ustun shaklida so’zlar, gaplar, definition’lar keladi, shulardan bir ustunni o’chirib, o’quvchilardan o’zlari 2-ustunni o’ylab topishlarini va match qilishlarini topshiriq qilib bersangiz ham bo’ladi.

Penny’ning aytishicha, ustozlar ko’pincha bunday ochiq savolli misollar (open ended exercises), ancha qiyinroq bo’ladi va o’quvchilarimiz qilolmasliklari mumkin deb o’ylashadi. Bu fikr haqiqatdan biroz yiroq. Agar o’quvchilar orginal ya’ni kitobda berilgan mashqni qanday bo’lsa shundayligicha qilishga qodir bo’lishsa, yuqorida aytgan boshqacharoq variantlarini ham qila olishadi.

Xullas, bu Tip’dan oladigan asosiy insaytimiz: mashqlarda bittagina to’g’ri javob bo’lishini talab qiladigan so’zlarni olib tashlab, o’quvchilarga o’zlarining variantlarini yozishlariga imkon berish.

O’zim uchun ham qiziq. To’g’ri eslayotgan bo’lsam, bir yo ikki marta qilib ko’rganman, aniqrog’i bir activity’da to’g’ri kelib qolgandi o’shanda. Yana bir try qilib ko’rish kerak)

Opamiz, qilib ko’ringlar - natijalari ko’pincha juda qiziq bo’lishi bilan birga ko’zlangan mavzu (targeted items) ni yaxshigina practice qilish uchun ajoyib imkoniyatlar taqdim qiladi, - deyaptilar

10. Topshiriqlarni qayta ishlang (Recycle tasks)

Darslikda kelgan yaxshi task odatda - review (revyu) qilish uchun, o’rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun - yana bir bor qilishga arziydi.

Lekin ba’zida ikkinchi marta qilinganda biroz boshqacharoq qilish, ozroq chellenj qo’shish va o’quvchilar zerikib qolmasliklarini ta’minlash zarur.

Agar rostan ham yaxshi activity bo’lsa, faqatgina bir marta ishlab o’tib ketish sal isrof bo’lsa kerak, - deb yozibdilar Penny Ur. Qayta o’qish (repeated reading) yoki bir taskni qayta qilish yaxshiroq o’rganishga sabab bo’larkan (buni 2000-yilgi Lynch, T & J. Maclean (https://www.semanticscholar.org/paper/Exploring-the-benefits-of-task-repetition-and-for-Lynch-Maclean/0f6c43b29fdd612672c59fda833d338675428a91) va 2010-yildagi Gorsuch, G. & Taguchi, E. (https://journals.sagepub.com/doi/10.1177/1362168809346494) lar o’tkazgan Language Teaching Research tadqiqotlari tasdiqlaydi)

O’smir va katta yoshli o’quvchilarga to’g’risini aytib, “mavzuni mustahkamlash uchun yana bir marta takrorlaymiz” deb tushuntirish kifoya. Ikkinchi marta qilinganda studentlar juda tez ishlashadi va zerikishlariga vaqt ham qolmaydi.

Yosh bolalar yoki o’rganishga motivatsiyasi past o’uvchilar bilan esa taskni ikkinchi marta qilganda brioz o’zgartirmasangiz, ancha zerikib qolishlari va qilgilari kelmasligi mumkin. Quyida bir necha usullarni yozib ketamiz:

  • juft bo’lib qilinadigan pair activity’ni boshqa partner bilan qildirish
  • kitoblarini berkitib, mashqdan yoki matndan eslab qolganlaricha yozdirish yoki ayttirish
  • uyga vazifa sifatida berib yuborish
  • mashqdagi gaplarga birgina yangi so’z qo’shib, ma’nosini uncha o’zgartirmagan holda qayta yozdirish, qildirish
  • Gaplardagi birgina so’zni o’rgartirgan holda, qayta qildirish
  • Gaplardagi bitta so’zni olib tashlab, qayta ishlattirish
  • Mashqning oxirini ochiq qoldirib, open ended qilib ishlatish (9-Tip (https://t.me/inspiring_teacher/97)‘da gaplashgandik)

11. Learn students’ names

O’quvchilarning ismlarini bilish nafaqat ularni individual shaxslar sifatida ko’rishingizni bildiradi, balki biror muammo chiqib qolsa, ularga shaxsan murojaat qilishga ham imkon beradi, - deyaptilar opamiz.

101 Tips for Teaching Primary Children kitobida ham Carol Read 1-Tip’da xuddi shu tavsiyani yozgandilar. Birinchi o’qiganimda hayron qolgandim: “O’quvchilar ismini o’rganish? What? Shundog’am ustoz o’quvchilarini ismini biladiyu. Boshida, birinchi darsda so’ravoladi, bo’ldi. Tabiiy-ku”, - degandim.

Keyin bilsam, hamma ham ismlar bilan yaxshi chiqisha olmas ekan. Har bir o’quvchini ismini yodlab olguncha, bir-ikki oy, ba’zan choraklar o’tib ketar ekan. Ayrim ustozlar juda ko’p sinf-guruhlarga dars bergani uchun, o’quvchilari soni rosa ko’p (300-400 balki undanam ko’proq)


Maktabimizda 600 dan ortiq o’quvchi bor. Man atigi 5ta sinfni yarim guruhiga darsga kiraman o’zi. O’quvchilarimni hisoblasam 50tayam chiqmadi (48ta ekan)) lekin shundayam 400tacha o’quvchini tanisam kerak tahminan.

Man darsga kirmaydigan sinflar, maktabga yangi kelgan o’quvchilar, demodagi o’quvchilar - hammalarini ismlarini osongina yodlavolarkanman. “Qanday qilaman buni?” deb ozroq reflection qilgandim, zo’r javob chiqib keldi:

Har safar o’sha o’quvchilarni ko’rganda, ismlarini “recall” qilib - eslab qo’yar ekanman. Agar salom berishsa, ismlarini aytib alik olarkanman.

  • Vaalaikum assalam, Zulfiya
  • Good morning, Muhammadamin

Ko’plarini assotsiatsiya qilib eslab qolganman. Kimdir kimnidir opasi-singlisi, akasi-ukasi, kimdirlarni faqat volleyball o’ynayotganda ko’rganman. Ya’ni nima bog’liqlik bo’sa, hammasini ulab, shunaqa eslab qolarkanman. Murojaat qisam, har doim ismlari bilan murojaat qilarkanman: qayerda bo’lsa ham.


Penny Ur ham shunaqaroq metod haqida yozibdilar kitobda. O’quvchilar o’zlarini tanishtirgach, har safar o’zizi test qiling deyapti: “You are … ” deb eslashga harakat qilib ko’rasiz. Bu albatta yangi o’quvchilar bilan yoki o’quv yili boshida.

Carol Read: “Dastlabki darslarda o’quvchilar o’tirgan joylariga qarab, sinfxona va partalar joylashuvini chizib, o’quvchilarni o’tirgan joylariga moslab, ismlarini yozib - o’zizi partezi oldiga qo’yvolasiz. O’quvchilarga murojaat qilyotganda, bir qaravolasizda, Palonchijon deb ismini aytib chaqiraverasiz” - deb yozgandi kitobida.

Bular nega kerak? Nimaga bunaqa ovoragarchilik qilib, iloji boricha hamma o’quvchilarizi ismini iloji boricha tez yodlab olish kerak?

Ayrim ismlar bor, o’zi eslab qolish juda oson - juda keng tarqalgan ism. Yoki ba’zi o’quvchilaringiz ismlari o’zizi tanishlariz, qaysidir qarindoshizi ismlari bilan bir xil bo’sa, tezroq esizda qoladi.

Shunda o’sha o’quvchilarga ismlari bilan murojaat qilib, boshqa o’quvchilarga “hey siz” “Pistonchini yonida o’tirgan bola” va hokozo nimadirlar deb murojaat qilishimiz, bolalar tomondan “favouritism” sifatida ko’rib qolinishi mumkin.

Mana shuni oldini olish uchun ham - hammani birdek ko’rayotganingizni ko’rsatish uchun: ismlarni yaxshilab o’rganib oling!

O’zimizga ham ismimiz bilan murojaat qilishsa yoqadi. Ismimizni adashtirib, yoki bilmay gapirishsa, sal jahlimiz chiqadi yoki hafa ham bo’larmiz balki. O’quvchilar ham xuddi biz kabi odamlar. Odamchalar)

P.S: Bir kun bir o’quvchi, mani o’quvchim emas, salom bergan payt adashib sinfdoshini ismini aytib yubordim <ha shunaqasi ham bo’lib turadi> o’sha o’quvchi shunaqa qaradi, men ismini adashtirib aytvorganim uchun shunaqa uyalib, uzr so’radim. To’yda boshlovchi kelinni ismini adashtirib aytvorsayam bunchalik uyalib, uzr so’ramasa kerak)) Bu hali o’quvchimmas. O’quvchim bo’ganda bilmadim qanchalik ko’ngli og’rirdi…

Shunda, angladimki, ismlarni yodlab olish muhim ekan. Kerakli ekan!

12. Keep the lesson moving

Vanihoyat 12-Tipga ham yetib keldik!)

Bu safargi tavsiya menga eng ko’p foyda bergani, anglash uchun $1,100 to’lab kurs o’qiganim, darslarimdagi discipline muammolarni 90%i dan ortig’ini yechishga yordam bergani

“O’quvchilar darsda qanchalik maqsadli, rejalangan learning activitylar bilan band bo’lsa, shunchalik yaxshi o’rganishadi, cooperate qilish ehtimolliklari oshadi va shuncha kamroq muammo keltirib chiqarishadi chunki zerikish (boredom) - discipline muammolarini keltirib chiqaradigan eng katta sabab”

Eng ko’p uchraydigan discipline problemlarni yozsak: gaplashish, tortishish, o’rnidan turib yurish xonada, kulish, baqirish, e’tibor qaratmaslik, shovqin qilish

Bunday muammolar sinfdan sinfga, o’quvchidan o’quvchiga, maktabdan maktabga albatta farq qiladi. Ammo barchasining asosiy sababi - darsning yetarlicha engaging, fully-planned emasligi, ustozning 100% darsga tayyor kirmaganligi.

Aytishingiz mumkin, ustoz tayyorlanib kelsa ham baribir bir-ikkita ‘bezori’,‘quloqsiz’lar bo’ladi-ku! Ha, bundaylar ham topiladi. Modomiki ularni tarbiyasini to’g’irlay olmas ekansiz (hozircha) darsingizni shunday reja qilingki - shu o’quvchilarga darsni buzishlariga, qolganlarni chalg’itishlariga yo’l qo’ydirmang. Shunday qiziq bo’lsinki (bu haqida keyingi Tip’da alohida yana gaplashamiz), hatto o’sha bolalar ham diqqat bilan o’tirsin, activitylarda, group worklarda qatnashishsin.

Ustoz dars davomida bir acivitydan boshqasiga o’tar payti nima qilishni o’ylab qolarkan, shu oraliq muddatda eng ko’p muammolar sodir bo’ladi: oq’uvchilar boshqa mavzular haqida gaplashishni boshlaydi, boshqa fan kitobini ochvolib uyga vazifa qilib o’tiradi, boshqa narsaga chalg’iydi, o’rnidan turib sinfda aylangisi kepqoladi va hokazo.

Shunchunam, Penny opamiz o’zlari ham darslaridan oldin dars rejalariga qarab, note’lariga bir qator ko’z yugutirib chiqarkanlar. CELTA da bizga tutorlarimiz, lesson-planni print qilib qo’limizga ovolishni tavsiya qilishgandi. Man odatda Teacher’s Bookni ochvolaman va activity’lar ketma-ketligini yodlavolaman. Bunaqa qimagan kunlarim aniq yuqoridagidaqa muammolar boshlanadi.

Keyin man jimlatishimga to’g’ri keladi. Gapirmanglar deyman. Jim o’tiringlar deyman. O’zi ayb manda. Ularda nima ayb?) Man darsga to’liq tayyorlanmaganim uchun nega ular gap eshitishi kerak? Ustozni o’zi o’ylanib turibdi yoki hali keyingi activityga o’tilmadi, nima qilishsin o’quvchilar: gaplashishadi-da! Boshqa ishga chalg’iydi-da! Uxlavoradi-da boshini partaga qo’yib! Nima qisin becharalar, zerikib o’tirsinmi?)

CELTA ustozim Rob Wood yana bir tavsiyani bergandi: qachonki biror mashq cho’zilib ketsa, o’quvchilar zerikishni boshlasa - iloji boricha tezroq tugatib, plandagi keyingi activityga o’tish kerak. Kitobda ham xuddi shunga o’xshash tavsiya kelgan.

“O’quvchilarni zeriktirib, charchatib - ‘tugatib qo’yaylik endi’ demasdan, shartta boshqa activityga o’tib ketgan yaxshi”

Shunaqa vaziyat bo’lib qaysidir activityni ertaroq tugatsangiz, qaysinidir umuman qilmasangiz, tashlab ketmoqchi bo’lib qolsangiz, mobodo, repertuaringizda tayyor zahirada turadigan activitylar bo’lgani ma’qul. Aks holda dars hali tugamasdan tugaydi)

Bunday vaziyatda Penny Ur’ning hammualliflik asosida yozgan “Five-minute activities” kitobi ancha qo’l keladi. Manda orginali yo’q. PDF variantidan bir-ikkita activity g’oyalarini olgandim avval. Izohlarda rasmiy saytdan olingan kitobdan parcha (excerpt) ni yuborib qo’yaman.

Xullas, darsdagi discipline muammolarini boshlanmasidan avval oldini olishga harakat qilishimiz kerak va darsni momentumda ushlab turish eng yaxshi usul, chamamda.\

13. Darsni qiziqarli qiling - Make the lesson interesting

“Agar o‘quvchilar qilayotgan ishlariga qiziqishsa, ular darsdan chalg‘imaydi va discipline muammolari kamayadi, ba’zida esa butunlay yo‘qoladi” - deyaptilar opamiz.

Shu Tipga kelganda, bir case haqida aytib beribdilar:

“Bir ustozni bilardim. Juda xarizmatik, tabiiy authority’ga ega edi. Sinfga kirishi bilan bolalar jim bo‘lib, gapirishini kutishardi. U qo‘pol emasdi, bossy ham emasdi, shunchaki tabiiy salobati bor edi. Qanday qilib buni qilardi? O‘zi ham aniq bilmasdi :) ”

Albatta ko‘pchiligimizda esa bunaqa “tabiiy authority” yo‘q. Manda aniq yo’q. Xonaga kirganimda salobatim bosib, o’quvchilar qilt etmay o’tirib qolishlariga hali guvoh bo’lmadim)) Aksincha, kirib kelishim bilan boshlanadi hammasi, hahaha

Lekin shu paytgacha bir narsani angladim:

Tabiiy salobatli bo‘lmasligimiz mumkin, ammo darsni qiziqarli qilish o’z qo‘limizda.

Qiziq dars: bu discipline muammolarini boshqarishning eng kuchli vositalaridan biri.

Shuning uchun darsga tayyorlanishda faqat mavzuni qanday tushuntirish haqida emas, balki:

  • Qanday qilib activity’ni qiziqroq qilish mumkin?
  • Qanday qilib ayrim mashqlarni game’ga aylantirish mumkin?
  • Qanday qilib ‘repetitive’ task’larni zerikarli bo‘lmagan shaklga keltirish mumkin?

degan savollarni ham o‘ylash kerak.

Masalan, oddiy mashqlarni ham AI da qilingan rasmlar bilan, yoki boshqa vizual materiallar bilan, real hayotga bog‘lab, qiziq-qiziq misollar keltirib, biroz o‘yin elementlari qo‘shib anchayin qiziqarli qilib yuborsa bo’ladi (bu haqidayam kitobda alohida bo’lim bor: 21-25 Tiplarda keladi hali)

Va bu ishlaydi.

Darsda qiziqish paydo bo‘lsa: o‘quvchilar ko‘proq ‘on-task’ bo‘ladi, kamroq off topic narsalarga chalg‘iydi, kamroq muammo chiqaradi.

Penny Urdan qiziqarli dars qilish uchun TOP 5 tavsiyalar:

  1. Darsni qisqa va turli-tuman activitylar bilan rejalash
  2. Matn va vazifalarni rasmlar yoki boshqa vizuallar bilan boyitish
  3. Iloji boricha barcha o‘quvchilarni jalb qiladigan activitylar qilish
  4. “Learning-rich” o‘yinlardan foydalanish
  5. Personalize qilish: o‘quvchilarga mavzuni o‘z hayoti bilan bog‘lash imkonini berish

Xulosa oddiy:

Tabiiy “xarizma” bo‘lmasa ham mayli, asosiysi dars qiziqarli, puxta plan qilinsa - tartib ham bo’ladi, o’sha darsda learning ham bo‘ladi!

14. Catch problems as they start

Kichkina discipline muammolarni “o‘zi o‘tib ketar” deb e’tiborsiz qoldirmang. Odatda o‘tib ketmaydi.

Dars ketayapti. Siz tushuntiryapsiz. Orqa partada ikki o‘quvchi sekin gaplashishni boshladi. Juda baland emas. Juda katta muammo ham emas.

Shunaqa paytda ko‘pchiligimiz o‘ylaymiz:

“Mayli, hozir o‘zlari jim bo‘lib qolishadi.”

90% hollarda – unday bo‘lmaydi.

Aksincha, agar siz reaksiya bermasangiz, bu boshqalarga signal bo‘ladi:

“Gaplashsa bo‘lar ekan.”
“Ustoz sezmayapti.”
“Muammo emas ekan.”

Shunaqa kichkina narsa asta-sekin kattalashadi.

Penny Ur yozyaptilar: “Yillar oldin man ham shunaqa qilardim. “Hozir to‘xtaydi”, derdim. To‘xtamasdi. Keyin esa vaziyat ancha qiyinlashardi. Oddiy gaplashish – shovqinga aylanardi”

O’zimda ham ko’p bo’lgan. Ko’pincha bee’tibor qoldirganman, “unchali xalaqit berishmayaptiyu darsga”-deb. Well, unday bo’lmagan)

Shuning uchun eng muhim qoida:

Muammoni boshidayoq to‘xtating!

Lekin baqirib emas.

Oddiy usullar bilan ham qilsa bo‘ladi:

  • Gaplashayotgan joyga yaqinroq borib turish
  • Ko‘z bilan kontakt qilish
  • Bir-ikki soniya jim turib kutish
  • Ismini aytib, qisqa, muloyim eslatma berish
  • Yoniga borib, past ovozda ogohlantirish

Ko‘p hollarda shularning o‘zi yetadi.

Muhimi: tez va qat’iy reaksiya.

Kichik muammoni joyida, “moment”ida hal qilish oson.
10 daqiqadan beri davom etayotgan muammoni to‘xtatish esa ancha qiyin.

Shu joyda yana bir narsani unutmaylik:

O‘quvchilar bizni kuzatadi. Agar biz hammani ko‘rib turganimizni, sinfda nima bo‘layotganini bilib turganimizni his qilishsa, tartib asta-sekin o‘zi shakllanadi.

“Never say never” deyishadi. Albatta, ba’zan o‘quvchi o‘zi jim bo‘lib qolishi mumkin. Lekin bungagina suyanib dars o’tib bo‘lmaydi.

Xulosa oddiy:

Muammo kattalashguncha kutmang.
Boshlanishidayoq, xotirjam, lekin aniq to‘xtating.

Shunda sinf muhitini nazorat qilish ancha oson bo‘ladi!

15. Avoid Confrontations

O’quvchilar bilan pachakilashib, bahsga kirib o’tirmang!

Darsda muammo chiqarayotgan o’quvchi(lar) bilan hammani oldida tortishib o’tirmang. Bu nafaqat vaqtni oladi, balki deyarli hech qachon yaxshi natija bermaydi.

Ayrim o’quvchilar, ayniqsa o’smir yoshidagilar, ba’zida oddiy, kichik narsalardanam katta muammo chiqarvorishadi:

  • “Homework ko‘p-ku!”
  • “Bu task yoqmayapti!”
  • “Ustoz, qaren mano’ tepib o’tiribdi oyog’imga”
    -va hokazolar deb sizni ataylab public argumentga chorlashadi. Hammaga ko‘rsatib “yutmoqchi” bo‘lishadi.

Shu payt ular bilan argumentlashmaslik kerak.

Ha, ustoz o’laroq, hammani oldida joyiga o’tkazib qo’ygimiz kelishi mumkin, chunki bizda power bor. Ammo vaziyatdan boshqacharoq, hissiyotga berilmay - kamroq “talofat”lar bilan chiqsa bo’ladi-yu

Agar muammo bitta o‘quvchi bilan bo‘lsa, alohida gaplashish kerak. Darsdan keyin. (yoki corridorga olib chiqib: Corridor meeting) Auditoriyasiz.

Agar muammo butun sinf bilan bo‘lsa, basically 3 ta yo‘l bor ekan:

1. Qat’iy turish
Qaroringizni aniq aytasiz. Cho‘zilmaysiz. Davom etasiz.

2. Yon berish (agar ular haq bo‘lsa)
Ba’zida o‘quvchilar ham to‘g‘ri bo‘ladi. Shunaqa paytda tezda tan oling. Sababini tushuntiring. Lekin bu odatga aylanmasin.

“Ha, homework ko’proq. Bo’pti, oxirgi taskni qilish ixtiyoriy. Qolganlarini qilib keliylar hammasini.”

3. Keyinga qoldirish
“Buni hozir muhokama qilmaymiz, darsdan keyin (yoki keyingi darsda) gaplashamiz” deysiz va darsni davom ettirasiz.

Bu eng kuchli strategiyalardan biri. Nega?

Chunki vaqt o‘tadi:

  • o‘quvchilar tinchlanadi
  • hissiyotlar pasayadi
  • siz ham yaxshiroq o‘ylab olasiz

Darsdan keyin yoki keyingi dars avvalida aniq tushuntirish bilan boshlaysiz. Balki ularni ham tushunib, compromisga borarsiz. Balki bir nechta variantlarni o’rtaga tashlab, ular bilan birga qaror qilarsiz.

Shunda bu bahs emas, normal muhokama bo‘ladi.

Hardoimgidek, xulosamiz oddiy, lekin muhim:

O‘quvchi(lar) bilan hammani oldida “kim yutadi” o‘yiniga kirmang.
Siz ustozsiz: siz sinf muhitini boshqarasiz.

P.S: Ba’zan eng kuchli qaror: tortishmaslik

16. Compliment good behaviour

Tabiatan nomaqbul, yomon ishlar e’tiborimizni ko’proq tortadi va agar o’quvchi(lar) yaxshi o’tirib, berilgan topshiriqni bajarib o’tirgan bo’lsa, unga ahamiyat beravermaymiz. Aslida berishimiz kerak

Rostanam agar qaysidir o’quvchi yonidagi bilan chit-chat qisa, bergan topshirig’imizni o’rniga boshqa narsa qilib o’tirgan bo’sa, aytganimizni bittada xo’p deb qilmasa, yoki kech kirsa darsga - bittada notice qilamiz. Bunday vaziyatlarda qanday yondashuv qilish kerakligini 14- va 15-Tip’larda gaplashdik.

Bugungi Tip’da Penny Ur yozyaptilarki: Vaholanki, berilgan task’larimizni jimgina bajarib o’tiradigan, vaqtida darsga keladigan, uyga vazifalarini to’liq bajarib keladigan o’quvchilar ham e’tibor qaratishimizga haqli.

Kichikroq sinfdagilar bilan, ayrim ustozlar, individual o’quvchilarni compliment qilishdan tashqari, umumiy guruh uchun ham “yulduzchalar tizimi”ni ishlatishadi.

Sinfxona devorida dars bo’ladigan sanalar ro’yxati osiliq turadi. Har bir dars so’ngida, agar guruh o’sha darsda yaxshi o’tirishgan bo’lsa, berilgan toshiriqlarni bajarib, urish-to’palon, baqir-chaqirlar bo’lmagan bo’lsa, ustoz butun guruhni maqtab, o’sha sana yoniga ‘star’ yopishtirib qo’yadi. Agar darsda o’quvchilar o’zlarini yaxshi tutishmagan bo’lsa, hech qanday yulduzcha berilmaydi.

Qachonki guruh qanchadir yulduzchalar yig’ishsa, qandaydir mukofot yoki sertifikatlar berilishi va/yoki direktor kirib maqtab qo’yishi mumkin.

P.S: Shaxsan menda bunday yulduzchalar, mukofotlar ishlatishga sceptic qarash borligi uchun, odatda unday qilmayman. Ba’zida o’quvchilar ismlari yoki boys and girls qilib doskaga yozilib, quloqsizlik qilishsa, bittadan tayoqcha tushadi (ba’zida tayoqchalar ball xisobida yaxshi qatnashayotgani uchun berilib, yig’ilib boradi va dars oxirida nechta tayoqcha bo’lsa shu baho qo’yiladi, 5tadan ko’p tayoqcha yi’gganlarga keyin ichki sinf pul birligi bo’lgan “qalamcha” ham beriladi). Judayam kamdan kam ishlataman. “Bolalar genuinely qiziqishsin, dars shunchalik zo’r design qilingan bo’lsinki, to’palonlarga imkon qoldirmasin” degan ideyalogiyani mahkam ushlashga harakat qilyapman.

Kitobda, individual o’quvchilar yoki kattaroq sinflar bilan esa - (o’sha paytning o’zida yoki dars yakunida (6-Tip’ga qarang) ularga e’tiborimizni qaratish, og’zaki izoh-maqtovlar berish kifoya qiladi, - deyilgan.

O’quvchilarning o’ziga yoki ota-onalariga xabar yuborish orqali ham compliment qilish mumkin.

Nima usul bilan bo’masin, yaxshilanishga intilayotgan, darslarda tartibli qatnashayotgan o’quvchilar o’zlari haqli bo’lgan maqtovni olishlari kerak.

P.S2: Buni strategically ishlatmasdim oldin. Esimga tushib qolsa, bir maqtab - compliment qilib qo’yardim xolos. Hozir biroz obrazga kirib, “mana palonchi, darsga o’z vaqtida kiradi, baraka topsin.” “qoyil, uyga vazifani kechasi bilan uxlamasdan, telfon o’ynamasdan qilib kelyaptikan” “Vashshee zo’r, mujik” deb, besh tashlab qo’yaman)) Yoshim hali uncha katta bo’lmaganiga jiddiy turib maqtasam, samimiy chiqarolmasam kerak deyman. Lekin sal seryo’zniyroq bo’lib, katta opoqi-do’dalardek maqtashni odatiy holga aylantirsa bo’ladi, nazarimda.

Demak, xulosa qilsak:

Faqat quloqsizlarga e’tibor qilavermasdan, “quloqli”larga ham nazar tashlab, ularni ham yaxshi xulqlarini, qilayotgan harakatlarini maqtab turishimiz kerak.

17. Xatolarni to’g’rilang (Do correct mistakes)

Ko’p xollarda, xatoni to’g’rilasammikan yoki yo’q deb o’ylanib turgan paytingiz: to’g’rilayverish kerak!

O’zi error correction o’rganishga yaxshigina yordam berishi haqida judayam ko’plab tadqiqotlardan olingan xulosa, isbotlar bor (Lyster, R., & Saito, K. 2010)

18.

19.

20.

Research mediators vs craft knowledge - the Penny Ur debate · Topic - Lesson Planning and Materials