Agar sizdan Ingliz tilini qanaqa o’rgatilishidan, darslar qanaqa o’tilishidan umuman xabari yo’q bo’lgan do’stingiz, odatiy Ingliz tili darsi qanaqa bo’lishi haqida so’rasa, birgina “snapshot” orqali - darsda o’quvchilarning kayfiyati, ustozning munosabati, umumiy atmosferani qanday tasvirlagan bo’lardingiz?

Zamonaviy til o’rgatish jarayoni, an’anaviy “upfront explanation” - ko’pchilik ustozning asosiy vazifasi sifatida ko’radigan: faqat doska oldida turvolib, bir mavzuni tushuntirishdan ko’ra, o’quvchilarni va dars jarayonlarini “manage” qilish, o’quvchilar tildan ko’proq foydalanishlariga sharoitlar yaratib berishga ko’proq e’tibor qaratadi

Sababi oddiy, maqsad o’quvchini tildan foydalanishiga erishish bo’lsa - o’qituvchi o’zi qancha kam ish qilib (kam gapirib), o’quvchilarni ko’proq ishlashlariga qo’yib berish kerak.

Aslida til o’rganuvchilariga hardoim ham “o’qituvchi” kerak bo’lmaydi. Sizning ham Rus tilini, Turkchani yoki balki Ingliz tilini ham shunchaki kino, seriallar ko’rib, YouTube dan videolar ko’rib o’rganib olgan tanishingiz bo’lsa kerak.

Umuman olganda til o’rganish jarayoni quyidagi 3ta asosiy elementlarning qorishmasidan tashkil topadi:

  1. Self-study
  2. “picking it up” - immersion orqali
  3. classroom work - o’quv markazi, maktab yoki online darslar

Boyagi tanishlarimizga qaytsak, agar til o’rganish “o’qituvchi” ishtirokisiz ham bo’ladigan bo’lsa, unda o’qituvchini bor bo’lishi nimani o’zgartiradi? Nimaga ayrim o’quvchilar Ingliz tili ustozlariga pul to’lab boradi? O’quvchilar ustozdan nimalar kutadi o’zi? Qo’pol qilib aytganda, ustoz nega kerak?)

Agar siz o’qituvchi, bo’lib ham Ingliz tili o’qituvchisi bo’lsangiz, yoki bo’lishni reja qilayotgan bo’lsangiz shu kabi basic savollarga o’zingiz uchun javob topib qo’yishingiz kerak.

Keling shu joyida o’tmishni bir xotirlasak, o’zingiz o’quvchi bo’lgan paytingizdagi ustozlarni eslang. (istalgan fan ustozlarini).

  • Ular va ularning darslari haqida nimalar hali ham esingizda?
  • O’qituvchingizning muomalasi?
  • Darsga yondashuvi?
  • Ularni darslarida o’zingizni qanday his qilganingiz?
  • Balki aniq bir dars yoki voqea hali hamon yodingizdadir?
  • Ular ishlatgan metodika & texnikalar?
  • Umumiy sinf atmosferasi, yoki zamonaviy tilda aytganda sinf “vibe”i qanday edi?

Topic - Classroom Management and Affect · Doable demand at the learner’s next step · Source - Demand High ELT