Alloh tavfiq bermasa bandani ishi boshqalarga manzur bo’meydi.
Agar yozmoqchi bo’lgan kitobingdagi narsalar boshqa kitoblarda ham bor bo’lsa, yozmagin. Agar Alloh qalbingga u kitobdan ko’ra boshqa narsalarni solayotgan bo’lsa, o’shalarni yoz.
Ko’p kitob o’qish insonni musaqqaf (dunyo qarashi keng) qiladi.
Bir sohada ko’p kitob o’qish kishini olim qilib qo’ymaydi… Yodlash va fikrlash olim qiladi!
Agar inson o’qigan kitoblaridan xulosalar olmasa, ko’rganda, eshitganda: “ha men buni bilaman, o’qiganman” deyishi mumkin, lekin o’zi ijod qilolmaydi (o’sha o’qiganlarini ishlata olmaydi hayotida)
Kitob o’qishdan, ilm olishdan maqsad - AQL yasash bo’ladi. Aql yasalsa inson to’g’ri fikrlaydigan, tafakkur qiladigan, to’g’ri tasarruf qiladigan bo’ladi.
Ilmni qayd qilish(yozib qo’yish) Alloh Taoloni sunnati.
Ulamolarni bir gapi bor: “Qo’lida qog’oz va qalami bo’lmagan inson hech qachon tolibi ilm bo’la olmaydi”
Imomi Suy’utiy aytganlar: “Ey ilm kishisi, sen 3ta narsada tezkor bo’l - yeyishda, yurishda va yozishda”
Ilm hosil qilishda qancha ko’p his a’zolari (senses) ishtirok etsa, shuncha yaxshi esda qoladi.
Ibn Hajar - “Xotira senga eng kerakli paytda xiyonat qiladi” - deb aytganlar
Sabr bu - nafsni istamagan narsasiga majburlab ushlab turish
3 o’rinda sabr ko’rinadi:
- Musibatda
- Toatda
- Gunohdan qaytishda
Sabr qilish osonroq bo’lishi uchun, ko’p siqilib, diqqat bo’lmasligi uchun Allohga arz qilish kerak, shunda sal bo’sayam yoziladi
Alloh Taolo bandalarini O’ziga qaytishini istaydi, har lahzada!
Qasos jismoniy a’ziyatlardagina bo’ladi.
Og’zaki yoki boshqa a’ziyatlarda qoziga murojaat qilinadi
A’ziyat yetkanda, sabr qilish mobaynida, biror kimga bu haqida aytsa bo’ladimi???
• Ha, qachonki o’sha aytmoqchi bo’lgan odami a’ziyatni yengillashtirishi kutilayotgan bo’lsa
Har qanday insonni tinglovchisi (quloq soladigan, eshitadigan odami) bo’ladi.
Lekin duch kelgan insonga “palonchi menga unday dedi, pistonchi menga manaqa zulm qilyapti” deb aytsa bu - sabrni buzgan bo’ladi, sabr maqomida bo’maydi kiyin.
Ilmga amal qilish - eshitganiga amal qilish bilan bo’ladi. Misol uchun: sadaqa berishni fazilati haqida biror joyda eshittizmi, o’sha kuniyoq sadaqa berib qo’ying.
Ilmga amal qilish uchun yodlash kerak!
Yodlash birinchidan tafakkurga yordam beradi, ikkinchidan amalga yordam beradi
Inson esidan chiqargan narsasiga amal qilaolmaydi…
Kitobxonlikda qoida: 20ta kitobni bir martadan o’qigandan, bitta kitobni 20marta o’qigan yaxshi.
10ta darsni eshitgandan, 1ta darsni 10marta eshitgan yaxshi, shunda ilm oladi.
Har doim tavba qilishi, istig’for aytishi kerak, shunda insonni amalga dangasaligi ketadi, amalda bardavom bo’ladi insha’Alloh
Har bir ish bandalikni izhor qilish uchun qilinadi: namoz ham, ro’za ham bandalikni izhor qilish uchun, ilm olish ham shular jumlasidan.