rw-book-cover

Metadata

Highlights

  • O’stirsangiz, o’sasiz. (View Tweet)
  • Kimligini bilmoqchimisiz?
    Atrofidagi odamlarga qarang.
    Odam o’ziga o’xshaganlarga talpinadi
    yoki
    Talpinganlariga o’xshab ketadi. (View Tweet)
  • Hotirjam bo’ling.
    Men haqimda nima deb o’ylayotgan ekan? deb o’ylayotgan odamlaringiz, ichida - “men haqimda nima deb o’ylayotgan ekan?” deb o’ylayapti. (View Tweet)
  • Qiyin suhbatlardan qochish, qiyin vaziyatlarga olib boradi. (View Tweet)
  • Bo’sh vaqtingiz qolmayotganini tushunib yetish uchun ham bo’sh vaqt kerak. (View Tweet)
  • O’zi qayerga ketayotganini bilmaydi.
    Yo’l ko’rsataman deydi. (View Tweet)
  • Aqlli gaplar gapirib turadigan odam aqlli emas.
    Ahmoqona gaplar gapirmaydigan odam - aqlli. (View Tweet)
  • Yo’qotishdan qo’rqadigan narsang darajasida kuchlisan. (View Tweet)
  • Uxlashni qiyinlashtiradigan maqsad - uyg’onishni osonlashtiradi. (View Tweet)
  • Kimdir ishlash bilan band.
    Kimdir ishlayotganini ko‘rsatish bilan band. (View Tweet)