Intizom
Muallif yozayotganiga amal qilmasa, o’quvchi qanday qilib o’qiyotganiga amal qiladi?
Rahbar yomon ko’rinib bo’lsa-da, kerakli ishni muddatida qildiradi. Rahbarimiz yo’qligi, ishimizni cho’zdiradi.
Mustaqil ishlarning aksari dedlaynga taqalib qoladi.
Biror intizomli odamni tanishimiz, qilmoqchi bo’lgan ishimizning iloji borligini ko’rsatadi. Bu esa eng muhim ma’lumot.
Demak, intizomning birinchi unsurini (tarkibini) topdik. Intizomli odamlarni tanish. Ular bilan gaplashib turish. Ularning hayotlaridan xabardor bo’lish.
Buyuklik ortida qiyinchilik turadi. O’sha qiyinchilikni yengish esa kuchli sababsiz bo’lmaydi.
Demak, yetarlicha sababimiz bo’lsa, intizomli bo’la olamiz
Shaxsiy rivojlanishga shaxsiy rivojlanish deb qaramang. Ommaviy rivojlanish deb qarang. Shunda dangasaligingiz kamayadi.
Boshqalarga yordam berish, o’zimizdan boshlanadi.
Demak, intizomning ikkinchi unsurini ham topdik. Intizom uchun sababimiz kuchli bo’lishi.
Doimiylik oddiy kunlarda bilinmaydi. Qiyin kunlarda bilinadi. Vaqtimiz yetmaganda bilinadi. Intizom esa, vaziyat to’g’ri kelmaganda ham davom etish.
o’zimizga bir savolni berishimiz bizni faildan qutqarib qolishi mumkin:
Shu ishni eng band kunimda ham qila olamanmi?
Kuchli sabab, intizomli odamlarni tanish va bitta amalni kichkina boshlash. Intizomli bo’lishning asosi. O’zi oddiygina. Amal qilsa olsak bo’lgani.
Shoshma - To’xtama
O‘tmishda shoshilganimiz, hozirgi shoshilishimiz sababchisi. Kelajakda shoshilishimizga ham shu sabab bo‘ladi.
Qarzini to‘lash uchun qarz olayotganga o‘xshaymiz.
Bir yo‘nalishda uzoq muddat mehnat qilsak, albatta mevasini beradi. Orasini uzmasak bo‘ldi.
Endi boshlagan paytlarimizda boshqalar bilan farqimiz kam bo‘ladi. Ular ham ishlayapti. Biz ham. Ular ham o‘qiyapti. Biz ham. Ular ham sportga chiqqan. Biz ham. Istiqomatdagilarning farqi esa, boshqalar to‘xtatganida ham davom etishida bo‘ladi.
Junayd Bag‘dodiy aytgandilar:
Eng katta karomat – g‘ayrat va istiqomat.
G‘ayrat nima? Qilgimiz kelmayotgan foydali ishni boshlab yuborish.
stiqomat uchun, to‘xtamaslik uchun nima qila olamiz?
Bittasi, oldin gaplashganimiz – majburiyat.
Ikkinchisi, o‘zi yaxshi ko‘rgan ishlari.
Yaxshi ko‘radigan ishlarimiz qayerdan keladi?
O‘xshasa, yaxshi ko‘rib qolamiz.
O‘xshashi uchun ikkita masalliq kerak: Tabiatimizda shu ishlarga moyillik borligi va ko‘p mashq qilishimiz.
Qiziqishni topib olguncha, majburlovchi kuchni ishlatib turing.
Jarimalar, rahbar, ustoz, muhit – nima yordam bersa shu.
Muhabbat bilan bajarishni o‘rganguncha, qo‘rqib bajarib turing.
Me’yor
Odamning puli ko‘paygani sari, majburiyatlari ham ko‘payadi.
Pulning ko‘paygani zararimizga ishlashni boshlayotganining belgisi oddiy – o‘zimiz xohlamagan ishlarni qilishimiz ko‘payib borishi.
Daromadni ko‘paytirishdan maqsad – erkinlik va behojatlikka erishish.
Pol Gremni eshitaylik:
Yo‘nalish tanlashga ikkilansang, qiziqishlaringga qara. Ichki ovoz kamdan-kam pand beradi.
nvestor Naval Ravikantni eshitaylik:
Cheksiz imkoniyatlar davrida yashayapmiz. Samimiy aqliy qiziqishning mukofoti bu darajada yuqori bo‘lmagan. Qiziqishlarning chaqirig‘iga borish, pulning ortidan quvishdan ko‘ra yaxshiroq karyera tanlovi bo‘ladi.
Ibn Sakandariy hazratlarini eshitaylik:
Bir ishi o‘xshab turgan odam, o‘sha ishini tashlab ketmasin.
Naval Ravikant:
Yildan-yilga ko‘proq tushunib yetasan, kompaniya bu odamlar va faqat odamlar. Boshqa narsa emas.
Buffet va Manger:
Jamoaning asosini vijdonli va harakatchan odamlar tashkil qilishi kerak.