Bugun sizlarga Britaniya universitetlaridan biridan ketib, sayohat maqsadida boshlang’ich teacher training course’ni sotib olgan ayol haqida aytib bermoqchiman.

Sohasidagi ko’plab insonlar singari, u ham kasbiga “by accident” kelib qolganlardan.
O’zining Lotin Amerikasiga borish orzusiga yetishish uchun, sayohatga yo’llanma sifatida teacher training course sotib oladi. Uning baxtiga Venezualadagi bir markazda Shanba kunlari ertalabki 8:00 da (not everyone’s choice) yosh bolalarni o’qitish uchun odam qidirishayotgan bo’lishadi.

Ishini boshlar ekan, yil bo’yi Lotin Amerikasi davlatlari: Columbia, Peru, Bolivia, Argentina va Brazilia kabi davlatlarga sayohatlar uyishtiradi. O’zining aytishicha, aynan shu sayohatlar unga juda ko’p yangi narsalar o’rgatgan.

UK ga qaytgach, Xalqaro Amnetsiya tashkiloti Lotin Amerikasi Departamentida Research Assistant lavozimida ish boshlaydi. Teaching ga yana qaytgunicha 2 yilini shu yerda o’tkazadi. Amnetsiya tashkiloti uni Lisbonga Portugal tilini o’rganishi uchun Summer Course ga yuboradi. Ana o’sha yerdagi dars jarayonlari uni, UK ga qaytgach, British Councilning Lisbondagi filialiga ishga topshirishiga sabab bo’ladi.

O’zi hozirda Madrid shahrida yashasa ham, Lisbon uning hayotida alohida ahamiyatga ega joy. Sababi Lisbonda turmush o’rtog’i Alan Matthewni uchratgan. Birinchi farzandi Jamie Lisbonda tug’ilgan.

Mana 30 yildan oshibdiki, shu ayol ELT sohasining eng katta vakillaridan biri. Shu kungacha 11 dan ortiq kitob va qo’llanmalar, qo’shimchasiga bir necha yuzlab “supplimentary” materiallar, online “Storytelling” uchun hikoyalar, 4+ mukofot va sovrinlarni qo’lga kiritgan.

Hikoyamiz qahramoni - Carol Read. Yosh bolalarni o’qitish bo’yicha ELT sohasida fundamental o’zgarishlarni boshlab bergan inson. Yosh bolalarga “boladek” yoki “future adult”lardek emas, “complete human being” sifatida qarashni boshlagan inson.

Ha, “yosh bolalarga bo’lgan mehri-muhabbati” sabab teaching ni boshlamagandir. Ammo sohada qolgani - bolalarni o’qitishdagi kamchiliklarga befarq bo’lmagani. U dars berishni boshlagan paytda hali hozirda biz biladigan Standard’lar bo’lmagan. Resusrlarni-ku gapirmasa ham bo’ladi. Bor materiallardan qoniqmagani sabab, turmush o’rtog’i bilan birgalikda Tandem nomli, bolalar uchun maxsus activity’lardan iborat material, kitoblar ishlab chiqaradigan loyiha boshlashadi.
Shu materiallarni Xalqaro Publisher’lar olib, keyinchalik boshqa ELT learnerlari uchun chop eta boshlaydilar.

O’quvchilarning discipline muammolarini, resurs yetarli emasligini, sharoitlar yaxshimasligini, ishidan natija ko’rmayotganini bahona qilib, boshqa ishga o’tib ketsa bo’lardi. Lekin Carol Read unday qilmadi. U o’zi duch kelgan muammolarga yechim topishni va bolalar uchun yaxshi learning condition’lar yaratishni tanladi.

Carol Read ga hurmatim cheksiz. Opaning 101 Tips for Teaching Primary Children kitobi, ESU Duke of Edinburgh English Language Book Awards mukofotini olgan 500 Activities for Primary Classroom kitobi, YouTube’dagi manabu videosi - mani teaching karyeramni saqlab qolgan desam ham bo’ladi. Chunki rostanam shunday bo’lgan.

https://www.teachingenglish.org.uk/news-and-events/seminars/secret-working-children-carol-read

Getting Started

Topic - Teaching Young Learners